Zamonaviy ta'lim metodlari
Talabalar: 1000+ va o'sishda davom etmoqda!
Ta'lim olishning afzalliklari
Narpay Innovatsion Tibbiyot Texnikumi muvaffaqiyatli kelajagingiz uchun eng yaxshi tanlov
Xalqaro aloqalar
Biz xorijiy universitetlar bilan faol hamkorlik qilamiz, talabalarga ilg'or metodikalar va jahon mutaxassislarining tajribasidan foydalanish imkoniyatini ta'minlaymiz.
Kuchli amaliy baza
Tibbiyot texnikumi eng ko'p klinik bazalar va kasalxonalar bilan hamkorlik kelishuviga ega, bu esa haqiqiy sharoitlarda amaliy ko'nikmalarni olish imkonini beradi.
Yetakchi klinikalarda amaliyot
Talabalarimiz mahalliy va xususiy davolash muassasalarida amaliyot o'taydilar, shuningdek xorijda amaliyot oshirib, bilimlarini kengaytiradilar.
Keng imkoniyatlar
2026–2027 o'quv yilida talabalar uchun maxsus o'quv darsliklari, zamonaviy dars usullari rejalashtirgan
Hurmatli talabalar, ustozlar va hamkorlar!
Sizni NARPAY INNOVATSION tibbiyot texnikumida — tibbiyot innovatsiyalari tug'iladigan va sog'liqni saqlash kelajagi shakllanadigan maskanda — samimiy qutlayman.
Bizning missiyamiz — dunyoni ilm va texnologiyalar orqali o'zgartiradigan mutaxassislarni ilhomlantirish va tayyorlashdir.
Husanov Sobitjon Qaxorovich
Narpay Innovatsion Tibbiyot Texnikumi direktori
Narpay Innovatsion Tibbiyot Texnikumi
Texnikumimizda zamonaviy o'quv xonalari, simulyatsiya laboratoriyalari va amaliyot maydonchalari faoliyat yuritadi.Talabalarimiz birinchi kursdanoq nazariya bilan birga amaliyotda ishtirok etib, haqiqiy tibbiyot muhitida tajriba orttiradilar. Davlat tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik talabalarimizga sifatli amaliyot va kelajakda ishga joylashishimkonini beradi
Bizda talabalik faqat darsdan iborat emas. Zamonaviy laboratoriyalarda mashqlar, real shifoxonalardagi amaliyot, ilmiy to'garaklar, ko'ngillilik harakatlari va tadbirlar —bularning barchasi siz uchun. Har bir talaba o'z qiziqishini topadi, do'st orttiradi va kelajak kasbiga ishonch bilan qadam qo'yadi.
Natijaga erishish uchun nimalar mavjud?
Muvaffaqiyatli mutaxassis bo'lishingiz uchun barcha infratuzilmani yaratdik
Zamonaviy va shinam auditoriyalar
Eng so'nggi rusumdagi multimedia texnologiyalari va qulay o'rindiqlar bilan jihozlangan darsxonalar samarali ta'lim muhitini ta'minlaydi.
InfratuzilmaSimulyatsiya markazlari
Tibbiyot yo'nalishi talabalari uchun maxsus tayyorlangan simulyatorlar va mulyajlar yordamida amaliy ko'nikmalar mukammal darajaga yetkaziladi.
AmaliyotBoy axborot-resurs markazi
Xalqaro va mahalliy adabiyotlarga boy an'anaviy hamda raqamli kutubxona tizimi kecha-yu kunduz talabalar ixtiyorida.
Kutubxona